Yengil vazn toifasida UFС chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli kasallikdan keyin yaxshilanishni boshladi. Bu haqda Habibning murabbiyi Xavyer Mendes “TASS” nashriga xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, umumiy tanishlaridan biri Habibning otasini koronavirusdan tuzalganini aytgan. Nurmagomedovning oxirgi vaqtlarda qachonlardir boshidan o‘tkazgan yurak operatsiyasi bilan bog‘liq asoratlardan aziyat chekkani va hozirga kelib ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, mutaxassis 25-aprel kuni Dog‘istondagi shifoxonalardan biriga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgandi. 3-may sanasida esa ahvoli og‘irlashgani sababli Moskvaga olib borilgan.
Izoh (0)