O‘zbekistonda 17-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 77 nafarga ko‘paydi va ularning umumiy soni 5638 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining
- 73 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida;
- 4 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan, 3 nafari aholi orasida) qayd etilgan.
17-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda kasallanganlar soni 68 nafarga oshib, 5561 kishiga yetgandi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 1523 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda COVID-19 asoratlari oqibatida jami 19 nafar, shundan iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.
Izoh (0)