Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 29-turida “Barselona” 16-iyun, seshanba kuni “Leganes”ni qabul qildi.

Foto: “Barselona”

Uchrashuvning 42-daqiqasida Ansumane Fati katalonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 69-daqiqada Lionel Messi mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Barselona” ochkolarini 64 taga yetkazib olgan holda bitta zaxira o‘yiniga ega “Real”ni 5 ochkoga ortda qoldirmoqda. Kike Setyen shogirdlari keyingi turni 19-iyun kuni “Sevilya”ga qarshi o‘tkazadi.

La Liga

29-tur bahslari

16-iyun, seshanba

“Barselona” — “Leganes” 2:0

Gollar: 1:0 – 42 Fati, 2:0 – 69, penalti Messi.

“Barselona”: ter Shtegen, Pike (Umtiti, 73), Firpo, Langle, Serxi Roberto (Semedu, 53), Buskets (Vidal, 63), Artur (Puch, 73), Rakitich, Fati (Suares, 54), Messi, Grizmann.

“Leganes”: Kuelyar, Tarin, Avazem, Silva (Rodriges, 71), Bustinsa, Resio (Xil, 85), Eraso (Amadu, 63), Ruben Peres, Mesa (Assale, 46), Ruibal, Gerrero (Karrilyo, 71).

Ogohlantirishlar: Bustinsa (37), Ruben Peres (68), Avazem (82), Langle (84), Puch (84), Firpo (89), Rakitich (90+3).

“Xetafe” — “Espanyol” 0:0

“Vilyarreal” — “Malyorka” 1:0

Gol: 1:0 – 16 Bakka.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!