O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining O‘zbek maqom san’ati fakulteti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari negizida maqom ijrochiligi, xalq musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi madaniyat vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasasi shaklida Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, endilikda madaniyat vaziri rektorlik faoliyatini ham birgalikda davom ettiradi.