Bentley kompaniyasi va Shveysariyaning Breitling markasi o‘zaro hamkorlikning 17 yilligini nishonlash maqsadida Chronomat nomli qo‘l soatlarining yangi modelini taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Bentley

Breitling Chronomat modeli birinchi bor 1984-yilda paydo bo‘lgan. Shveysariya kompaniyasining hozirgi ustalari modelning yangilangan versiyasini taqdim etdi. Ularning fikricha, yangi model universal sport soatlariga aylangan bo‘lib, uni kunduzi plyajga taqib borish, kechasi esa u bilan qizil yo‘lakda ko‘rinish berish mumkin.

Soatlar korpusi zanglamaydigan metalldan tayyorlangan bo‘lib, diametri 42 millimetrga teng. Modelga metall braslet va kapalak-qistirgich ham qo‘shilgan. Yoqutdan ishlangan orqa shaffof oynasiga Bentley gravirovkasi tushirilgan.

Foto: Bentley

Soatlar 7 ming funt sterling narxida sotuvga chiqqan bo‘lib, ushbu pulga Lada Granta “Komfort” modelini xarid qilish mumkin. Avtomobil 106 ot kuchiga ega dvigatel va 5 pog‘onali “robot” uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.