Supercar Blondie nikli bloger shikast yetgan minglab avtomobillar saqlanuvchi eng yirik avtoturargohlardan birida bo‘ldi. Bu yerdan nafaqat ommaviy brendlarning oddiy mashinalari, balki egasi tomonidan tashlab yuborilgan superkarlar ham o‘rin olgan.
Mazkur avtomobillar turli sabablarga ko‘ra avtoturargohdan o‘rin olgan, biroq ularning barchasi qachonlardir auksion orqali sotib yuboriladi. Ayrim mashinalarga jiddiy shikast yetgan, masalan, Rolls-Royce Wraith’ning old qismi pachoq bo‘lgan. Boshqa mashinalar esa ajoyib holatda saqlangan, masalan — Ferrari California T va Mercedes-AMG G63 — ularning egalari mamlakatdan qochib ketgan.
Videoda qimmat turuvchi krossoverlarni ham uchratish mumkin — Bentley Bentayga, Porsche Cayenne va Tesla Model X, sport avtomobillari (Jaguar F-Type, Mercedes-AMG G63 и AMG GT), shuningdek, Lamborghini Huracan va Ferrari 612 Scaglietti kabi superkarlar. Video muallifi so‘nggi nusxa ichidan 500 dirham (150 dollarga yaqin) topib olgan.
Izoh (0)