Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga manba havola qilingan holda, avtomobilda tibbiy niqobsiz bo‘lish mumkinligi haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda. Idora axborot xizmatining ma’lum qilishicha, avtomobil haydovchisi niqob taqishi majburiy emas.
“Haqiqatan ham shaxsiy avtomobil haydovchisi mashinada tibbiy niqobsiz bo‘lishi mumkin (taksi haydovchilariga taalluqli emas), ammo shu bilan birga quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: birinchidan, haydovchi avtomobil salonida yolg‘iz bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, haydovchi faqat avtomobil harakatlanish vaqtida niqobsiz bo‘lishi mumkin. Ya’ni agar haydovchi yo‘l chetida to‘xtasa, tibbiy niqobni taqib olishi kerak”, — deyiladi xabarda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)