Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida firibgarlik yo‘li bilan tadbirkorning 150 million so‘m miqdordagi pul mablag‘ini qolga kiritgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.
Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Muborak tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruv davomida aniqlanishicha, fuqaro T.A. “M-ta’mirlash” MChJ rahbari S.M.ning ishonchiga kirib, uni Erondan sement olib kelib sotishga qiziqtirgan. Shu tariqa, T.A. tadbirkorning 150 million so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Asakada Hajga va xorijga ishga jo‘natish bahonasida odamlarni 31 ming dollarga chuv tushirgan shaxslarga jinoyat ishi ochildi
- Toshkentda masjid qurilishiga ehson qilish bahonasida qariyb 34 mln so‘m pulni o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi
- Buxoroda nogiron fuqaro uchun ehson yig‘ish bahonasida salkam 9 mln so‘m pulni o‘zlashtirgan firibgarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi