Monte-Karloda uch oy davom etgan karantindan so‘ng, 5-iyundan boshlab dunyoga mashhur kazinolar qayta ish boshladi, deb xabar beradi Monaco Tribune.
Ta’kidlashicha, Casino de Monte-Carlo soat 14:00 dan 02:00 ga qadar, Casino Café de Paris esa soat 10:00 dan 02:00 ga qadar ishlaydi.
Tashrif buyuruvchilar soni chegaralanadi va ular niqobda bo‘lishi kerak. Kazinoga kirishda har bir fuqaroning tana harorati o‘lchanadi.
Kazino ichi ijtimoiy masofalanish talablari hisobga olingan holda qayta jihozlangan. Stol va o‘yin avtomatlari qarshisiga shaffof plastik ekranlar o‘rnatilgan, fishka va jetonlar muntazam dezinfeksiya qilinadi.
Endilikda “Ingliz ruletkasi”ni bir vaqtning o‘zida yetti emas, uch kishi o‘ynay oladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Monakoda koronavirus bilan kasallanganlar soni rasman 99 kishini tashkil etmoqda, ularning 4 nafari vafot etgan.