“Real” yarim himoyachi Kay Haverts transferi borasida “Bayer” bilan kelisha olmayapti, deya xabar bermoqda Bild.

Foto: Getty Images

Ta’kidlanishicha, Madrid klubi 20 yoshli Germaniya terma jamoasi o‘yinchisi uchun 80 million yevro taklif qilmoqda va kelasi mavsumda uni o‘z jamoasiga ijaraga bermoqchi. Biroq bu taklif Leverkuzen klubini qoniqtirmagan.

“Bayer” Havertsning narxini 100 million yevro etib belgilagan.

Ma’lumot uchun, Kay Haverts Bundesliganing joriy mavsumida 26 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!