“Liverpul” klubi Buyuk Britaniyaning eng mashhur klubi nomini qo‘lga kiritdi. Bu haqda YouGov-FootballIndex ma’lumotlarni taqdim etdi.
Unga ko‘ra, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibini futbolga qiziquvchi britaniyaliklarning 8,3 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Ikkinchi o‘rindan “Manchester Yunayted” joy olgan, klubga mamlakat aholisining 6 foizi muxlislik qiladi. Taxminan, 3,1 foiz Londonning “Chelsi” klubiga ishqibozlik qiladi. Premyer Liganing amaldagi chempioni esa “Manchester Siti” 4—5-o‘rinlarni “Arsenal” bilan baham ko‘rmoqda (2%).
Buyuk Britaniyaning eng mashhur jamoalari o‘ntaligiga shuningdek, “Tottenhem”, “Vulverhempton”, “Nyukasl Yunayted”, “Everton” va “Aston Villa” kirgan.
Angliya chempionatining 29 turidan so‘ng 82 ochko to‘plagan holda “Liverpul” turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadan “Manchester Siti” 57 ochko bilan o‘rin olgan. Premyer Liga o‘yinlariga 17-iyun kuni 28-turning qoldirilgan o‘yinlari bilan restart beriladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)