Kofte — ozarbayjon va turk oshxonasiga mansub turli kattalikda tayyorlanadigan qiymali sharchalar hisoblanadi. Yanada to‘yimli bo‘lishi uchun qiymali sharchalarga lapsha qo‘shib pishirish mumkin bo‘lgan retseptni havola etamiz.
Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:
- Yarim tayyor lapsha — 1 o‘ram (uy sharoitida tayyorlangan lapshadan ham foydalanish mumkin)
- Qiyma — 500 gr
- Piyoz — 2 dona
- Pomidor — 3 dona
- Sariyog‘ — 100 gr
- Ko‘katlar
- Tuz va ziravorlar
- Qiymaga piyoz, ko‘kat, tuz va ziravorlarni solib aralashtiring.
- Aralashmadan kichkina sharchalar yasang va qotishi uchun 10 daqiqaga muzlatkichga qo‘ying.
- Sharchalarni unga bulang va sariyog‘ solingan tovaga solib qovuring.
- Qovurilgan qiymali sharchalarga to‘g‘ralgan ko‘k piyoz qo‘shing.
- Pomidorni qirg‘ichdan chiqarib tovaga soling va ustidan yarim piyola suv quying.
- Tuz seping va tova qopqog‘ini yopib dimlang.
- Lapshani tuzli suvda pishirib oling.
- Likopchaga lapsha, ustidan qiymali sharchalarni soling.
Mavzuga doir:
- Turk oshxonasining mashhur taomi “Iskandar kabob”ni uy sharoitida tayyorlaymiz
- Jaziramada kechki ovqat uchun “okroshka” tayyorlang
- Tez tayyor bo‘ladigan pitssa pishiramiz
- Foydali va mazali grekcha salat tayyorlaymiz
- Uy sharoitida moxito ichimligini tayyorlaymiz
- Turk oshxonasining eng mazali nonushtasi — menemen tayyorlaymiz!
- Ko‘p mahsulot ketmaydigan mazali “Smak” salatini uyda tayyorlash uchun retsept