Professional boksni qamrab oluvchi mashhur Boxrec portali ushbu sport tarixidagi eng yaxshi 10 nafar bokschi nomini e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Birinchi o‘rinni 50 ta jang o‘tkazib, biror marta mag‘lub bo‘lmagan amerikalik Floyd Meyvezer egalladi. Kuchli uchlikdan Menni Pakyao va Karlos Monson o‘rin olgan bo‘lsa, Muhammad Ali to‘rtinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

E’tiborga molik jihati boks tarixidagi eng taniqli sportchilardan biri Mayk Tayson kuchli o‘ntalikka kiritilmadi.

Eng yaxshi 10 nafar bokschi (Boxrec talqinida):

1. Floyd Meyvezer — 50 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat, 0 durang

2. Manni Pakyao — 62-7-2

3. Karlos Monson — 87-3-9

4. Muhammad Ali — 56-5-0

5. Shugar Rey Robinson — 174-19-6

6. Bernard Hopkins — 55-8-2

7. Jo Luis — 66-3-0

8. Archi Mur — 186-23-10

9. Oskar de la Hoya — 39-6-0

10. Xulio Sezar Chaves — 107-6-2.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 53 yoshli Tayson xayriya janglarida qatnashish uchun ringga qaytishga tayyorligini ma’lum qilgandi.