“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
23:45, 02.06.2020 78181

O‘zbekistonda 2-iyun kuni 58 kishida koronavirus aniqlandi, 49 kishi kasallikdan sog‘aydi

O‘zbekistonda 1-iyun soat 23:00 dan 2-iyun soat 23:00 gacha 58 kishida koronavirus aniqlandi.

Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

Yangi kasallanish holatlari

Yangi kasallanish holatlarining 40 tasi karantin muassasalaridagi fuqarolarda aniqlangan. Ulardan 13 nafari Qozog‘istondan, 7 nafari Tojikistondan kirib kelgan bo‘lsa, 10 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reysda kelgan.

Shuningdek, xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarining 10 nafarida kasallik aniqlangan. Ushbu holatlarning 5 tasi Toshkent, 3 tasi Buxoro, bittadan Namangan va Sirdaryo viloyatlarida qayd etilgan.

Qolgan 8 bemor Toshkent shahri va Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan — 4 nafardan.

Koronavirusdan sog‘ayish holatlari

2-iyun kun davomida 49 nafar fuqaro koronavirusdan sog‘aydi. Shundan 7 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida sog‘aygan bo‘lsa, Navoiy viloyatida bir yo‘la 42 nafar bemor tuzaldi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 3760 nafar bemordan 2908 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, JizzaxQashqadaryo, SirdaryoSurxondaryoFarg‘ona va Xorazm viloyatlari koronavirusdan xoli hudud bo‘lib turibdi. Andijon (2 nafar bemor) va Qoraqalpog‘iston (6 nafar bemor) ham koronavirusdan xoli hududga aylanishga yaqin turibdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon va Samarqand viloyatlarida 2-iyun kuni yangi kasallanish holatlari ham, kasallikdan sog‘ayish holatlari ham qayd etilmadi.

Eng ko‘p bemorlar Toshkent shahri (622 nafar), Navoiy (110 nafar) va Samarqand viloyatida (69 nafar) bo‘lib turibdi. Navoiyda 2-iyun kuni 42 kishi davolanganidan so‘ng ushbu viloyatda kasallikdan sog‘ayish ko‘rsatkichi bir kun oldingi 8 foizdan 33 foizga ko‘tarildi.

Ahvoli og‘ir bemorlar

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 837 nafar bemordan 10 nafari og‘ir, 2 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir bemorlar soni bir kun oldingiga nisbatan bir nafarga oshgan.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 15 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ

Boshqa yangiliklar