• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar bor”

    Bosh vazir Abdulla Aripovning So‘x tumani aholisi bilan o‘tkazgan uchrashuvida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev tanqid qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda hokim “janjalkash” qishloqlarni So‘x tumani xaritasidan o‘chirib tashlashini aytgan audioyozuv tarqaldi. Viloyat hokimligining matbuot xizmati rahbari reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar borligini ta’kidladi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi Chashma bulog‘i yaqinida sodir bo‘lgan kelishmovchilikni bartaraf etish uchun Farg‘ona viloyatining So‘x tumaniga borgan edi.

    Mahalliy aholi nimadan norozi?“Human.uz” nashri tomonidan e’lon qilingan videoda mahalliy aholi vakili muammolar haqida gapirib, birinchi navbatda, bunga viloyat hokimi aybdorligini aytib o‘tgan. Aholi bu so‘zlarni qarsaklar bilan qarshi oladi. Muammolar orasida viloyat xalqining qolgan qismi bilan muloqot yo‘qligi, suv, un va boshqa mahsulotlarning yetishmovchiligi ko‘rsatilgan.

    Boshqa bir fuqaro bosh vazirga murojaat qilib (“Vodiy bozor e’lonlari” Telegram kanalidan), “Xalq G‘aniyev kerak emas, deyapti. Nima uchun bilasizmi? Xalq G‘aniyevni hurmat qilardi. G‘aniyev kelib, “kerak bo‘lsa, So‘xni xaritadan o‘chirib tashlayman”, debdi… Mana xalq yoki noto‘g‘rimi?”, — deydi.

    Xuddi shu kanalda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ekani aytilayotgan shaxsning So‘x tumanidagi qishloqlardan birini tuman xaritasidan o‘chirib tashlash, ta’minotdan uzish haqida aytganlar gaplari aks etgan audioyozuv tarqaldi. “Gazeta.uz” audioyozuvning matn shaklini keltirgan.

    — (ehtimoliy Shuhrat G‘aniyev) Yana bir marta so‘rayapman, 74 tasini olib ketaymi Farg‘onaga, deyapman?

    — Yo‘q.

    — Mana kelishdik, yana bir og‘iz gap chiqsa, endi men kelib o‘tirmayman. Bilib qo‘yinglar. “So‘xliklar noshukur odamlar” degan maqola tayyor turibdi gazetada, bugun Farg‘ona televideniyesida ketsinmi?

    — Yo‘q.

    — Noshukurchilik qilmasin. Qani Lenburgdan kim kelgan? Ikkinchi masala, o‘sha Lenburg qishlog‘i shunday qilaversa, boshqa gap ketadi. Juda yaxshi bilasizlar. Qaysi qishloq bizda janjalkash bo‘lsa, biz uni So‘x tumani kartasidan nima qilamiz, Farhod aka? So‘x tumani xaritasidan o‘chirib qo‘yamiz. Hamma ta’minot to‘xtaydi. Tushunarlimi yoki tushunarlimasmi?

    — Tushunarli.

    — Sizlar, nima bizga katta tashvish olib bergani o‘tiribsizlarmi? Kimga kerak bu tashvish?

    — Hech kimga.

    — 74 ta yigitni hozir qamasinmi?

    — Yo‘q.

    — Tayyormi ro‘yxat? Ichki ishlar boshlig‘i, prokurorimiz? 74 tasiniki? Bo‘ldi, 74 tasini bo‘lmasam jo‘natvoramiz, harbiylar kelasizlar, qurolli yigitlardan. Farg‘onaga olib borib qamaysizlar 74 tasini…

    …

    — Buyoqqa keling. Hozir janjal bo‘ladi, So‘x daryosida o‘yin ketadi. Farg‘ona viloyatini Farg‘ona tumani, Rishton, Oltiariq, Bog‘dod, Toshloq, Qo‘shtepa, Yozyovonga (tumanlariga) suv bormaydi. Keyin nima bo‘ladi? U yoqqa suv bormaydi. Keyin Farg‘onadagi boshqa katta-katta rayon-shaharlarda So‘x to‘g‘risida nima deydi? Karim aka Farg‘onaga borsa, Farg‘onada, Vodilda Karim akani ushlab nima qiladi?

    — Toshbo‘ron qiladi.

    — Ha, ana. To‘g‘rimi?

    — Ha.

    — Shu kerakmi? Yuragida o‘ti bor so‘xliklar nimadir aytadimi?

    — Yo‘q.

    …

    — 2013-yil 6, 7, 8-yanvardagi voqealarni bir eslataymi? A Karim aka? Butun O‘zbekistonga farg‘onaliklarni sharmanda qilgan so‘xliklar bo‘lgan. Xushyor voqealarini eslataymi? Yana shu narsa kerak bo‘lib turibdimi? Kimga kerak bo‘lib turibdi, hokimni birinchi o‘rinbosari? A? Kimga kerak bo‘lib turibdi, xalq qabulxona rahbari? Kim xohlayapti shuni yana? Bormi xohlayotganlar?

    — Yo‘q.

    “Reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar bor”.Ushbu masala yuzasidan “Gazeta.uz” Farg‘ona viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov bilan bog‘landi.

    “Ijtimoiy tarmoqlarda hokimlarga reyting berishadi, so‘rov o‘tkazdik, 1000 kishidan so‘radik, 500 kishidan so‘radik deydi. Reytingi baland hokimlaringizni ham yomon ko‘radiganlar, yoqtirmaydiganlar bor. Chunki bu hayot”, — dedi hokimiyat vakili.

    U So‘xda bo‘lib o‘tgan voqealarga “so‘xliklar” degan so‘zini ishlatishga qarshiligini, hokimiyat bu fikrlar butun So‘x ahlining fikri deb qabul qilmasligini aytdi. “So‘xliklar emas, So‘xda 70 ming aholi bor. Bitta, ikkita odamning baqir-chaqir qilgani, bu butun So‘x xalqining fikri degani emas. Olomonda bir-ikkitasi qiyqirib, baqiriq-chaqiriq qildi-da, nima qilibdi?”, — dedi u.

    Muhammadjon Obidov hattoki Prezidentni ham “100 foiz hamma yaxshi ko‘radi” deb aytib bo‘lmasligini aytdi. Lekin bu butun xalq degani emasligini, buni har bir kishining shaxsiy va individual fikri ekanligini aytdi.

    Hokimlik matbuot xizmati rahbari hozir AQShda bo‘lib o‘tayotgan namoyishlar bo‘yicha misol keltirib, ko‘chalarda bir necha ming odamlar do‘konlar va mashinalarni yoqayotganini, oynalarni sindirayotganini eslatib o‘tdi. “Bu degani, buni 300 millionga yaqin Amerika xalqi qilyapti, degani emas-ku”, — deydi u.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan audiyozuv haqida Muhammadjon Obidov shunday dedi: “Men audioyozuv bo‘lgan paytda bo‘lgan emasman. Man aniq aytolmayman, balkim hokimning ovozidir, balkim hokimning ovozimasdir”.

    So‘xliklar kimni o‘z hokimi sifatida ko‘rishmoqchi?Bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashuvda mahalliy aholi vakili sobiq So‘x hokimi Hakimjon Sayfutdinovni qaytarishni so‘ragan edi. Farg‘ona viloyati hokimligining matbuot xizmati rahbarining ma’lum qilishicha, So‘x tumanining hokimi Farrux O‘sarov bir necha kun oldin o‘z lavozimidan ozod qilingan.

    “So‘x tumani hokimining birinchi o‘rinbosari vaqtincha hokim vazifasini bajarib turibdi. Bular bizga, So‘xga, Sayfutdinovni olib kelib bering, hokim qilib, deb so‘rashyapti. Avvallari So‘x hokimi bo‘lgan Hakimjon Sayfutdinov ilgari Milliy xavfsizlik xizmatida katta lavozimda ishlagan. U yerdan So‘xga hokim bo‘lib o‘tgan. Ma’lum muddat ishlagandan keyin, adashmasam, hozir Ekologiya qo‘mitasining viloyat tizimida ishlaydi”, — dedi Muhammadjon Obidov.

    Uning aytishicha, Sayfutdinov So‘xga hokim bo‘lgan vaqtda tumanda o‘zgarishlar bo‘lgan. “Ba’zi bir qurilishlar qilingan, yo‘llar ochilgan, ancha ishlar qilgan u odam. U tojik tilida yaxshi gapiradigan odam bo‘lgan. So‘xda aholining aksariyati tojik millatiga mansub, tojik tilini biladigan hokim kerak u yerga”, — deydi Muhammadjon Obidov.

    02.06.2020, 22:28   Izoh (0)   66384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sardoba falokatidan jabrlangan 4025 kishi Prezident tomonidan berilgan 40 mln so‘mni oldi, qariyb 68 ming kishi o‘z uyiga qaytdi

    02.06.2020, 22:20

    Buxoroda to‘ng‘iz ovlagan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi

    02.06.2020, 22:07

    O‘zbekistonda may oyi uchun “palov indeksi” e’lon qilindi: Toshkent va Jizzax viloyatlarida osh qimmatladi

    02.06.2020, 21:55

    Qurilish vazirligi Sardoba falokati oqibatida avval e’lon qilinganidan ko‘ra ko‘proq uyga zarar yetganini ma’lum qildi

    02.06.2020, 21:43

    “Avto 60 oy” MChJ mansabdorlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari yakunlandi

    02.06.2020, 21:06

    O‘zbekiston Janubiy Koreyaga 50 tonna gilos yetkazib berdi. Seuldan 97 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborildi

    02.06.2020, 20:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55

    Buxoroda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:45

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Dunyo | 8 avgust, 21:35

    Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:20

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    AQSH sud tizimi ma’lumotlar bazasi xakerlar xujumiga uchradi

    Dunyo | 8 avgust, 20:50

    Jiddiy filmlarning suratga olish jarayonida yuz bergan kulgili voqealar

    Kino | 8 avgust, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.