“Real” klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo besh nafar futbolchining ismini aytib, ularning o‘yiniga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Foto: Getty Images

“Albatta, Messi birinchi o‘rinda, u — iste’dodli futbolchi. Yana u kabi o‘yinchilarni ko‘rish uchun bizga 20-30 yil kerak bo‘ladi. Menga Saloh, Azar va Neymarning o‘yini yoqadi. Va, albatta, Mbappe ham. Ko‘pchilik meni u bilan taqqoslaydi. Bizning o‘xshash tomonlarimiz bor, lekin men hech qachon taqqoslashlarni yoqtirmaganman, ayniqsa, turli avlod o‘yinchilari bo‘lsa. Chunki har davrning o‘z mezonlari bor”, — deydi Ronaldo.

E’tiborga molik jihati braziliyalik afsonaning ro‘yxatidan “Yuventus” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy olmadi.

35 yoshli Ronaldu ushbu mavsumda A Seriyaning 22 ta o‘yinida maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 golga hammualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!