Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 2 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 3 ta holat qayd etildi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi aniqlangan bemorlarning barchasi chetdan kirib kelgan. Ular Shandun provinsiyasida aniqlangan. Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanganlar orasida o‘lim holati kuzatilmagan. Ikki nafar bemor sog‘aygan va ularga shifoxonadan javob berilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 83 001 kishiga yetdi. Hozirga qadar 4634 kishi virus qurboniga aylangan bo‘lsa, 78 304 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Ayni vaqtda 63 bemor davolanishda.

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka davomida yana 27 kishida COVID-19 aniqlandi va bir bemor vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 11 468 kishiga yetgan bo‘lib, ularning 10 363 nafari sog‘aygan. Hozirga qadar Janubiy Koreyada 270 kishi virus qurboniga aylangan.

So‘nggi kunlarda Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kuniga 30-80 ta holat qayd etilmoqda. Aprel oyining boshlarida kasallanish holati 10-20 ga qadar tushgandi. 6-may kuni esa ikki kishidagina virus aniqlangan edi, biroq yangi lokal o‘choqlar kasallar sonining yana ortishiga olib kelmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi