So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12178.1
    • RUB 126.06
    • EUR 13028.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Navoiyda inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan 222 mln so‘mdan ko‘p pul mablag‘larining talon-toroj qilingani aniqlandi

    31.05.2020, 11:32 26105

    Navoiy viloyatida koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan koronavirus pandemiyasi davrida Moliya vazirligining Navoiy viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganilganda juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish holati aniqlangan.

    Xususan, Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, jamg‘arma tomonidan ajratilgan 5 milliard so‘m mablag‘larining bir qismini talon-toroj qilish maqsadida “T.” va “I-P.” MChJdan kimyoviy dezinfeksiya vositalari hamda infeksiyaga qarshi tibbiy himoya vositalarini qimmat narxlarda xarid qilib, jami 222,3 million so‘mni rastrata qilish yo‘li talon-toroj qilgan holda davlat budjetiga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.

    Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari, “T.” va “I-P.” MChJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

    Avval Buxoroda sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘ziga tanish bo‘lgan MChJdan dezinfeksiyalovchi vositalarni qimmat narxda xarid qilib kelgani va 200 million so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani uchun unga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi.

    Mavzuga doir: “Biz ham to‘ladik, lekin buni kam deyapti”. Narpayda XTB mudiri maktab direktorlaridan “Saxovat va ko‘mak” harakati uchun 100 ming so‘mdan pul o‘tkazishni so‘radi

    26-mayda Moliya vazirligi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga milliardlab so‘m pul vaqtida to‘lanmaganini, jumladan, 19,6 milliard so‘m miqdoridagi to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganini bildirgan.

    21-may kuni Oqqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i M.Alishev hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobchisi B.Niyozov “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga kelib tushgan mablag‘larni turli yo‘llar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 million so‘m pulni o‘zlashtirgani yuzasidan Mahalla vazirligining rasmiy izohi berilgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qorabog‘da Rossiya harbiylarining o‘ldirilishi: Ozarbayjon Bosh prokuraturasi tafsilotlarni oshkor qildi

    Bugun, 11:03

    Uzbekistan Airways Moskvaga/dan borayotgan yo‘lovchilar uchun ko‘proq qulaylik yaratadi!

    Bugun, 10:30

    Ukrainada “Rossiya” nomini kichik harf bilan yozishga ruxsat berildi

    Bugun, 10:50

    “O‘g‘lim olti yildan buyon o‘zgalar qoni bilan yashaydi” — navoiylik ayol o‘g‘lini davolatish uchun xalqdan yordam so‘ramoqda (foto)

    Bugun, 10:32

    Respublika sud ekspertizasi markazi Senat huzurida qayta tashkil etilishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Bugun, 10:03

    Nafaqat go‘zalligi, balki iste’dodi bilan ham tomoshabinlarning qalbidan joy olgan turk aktrisalari (foto)

    Bugun, 09:54

    IMZO O‘zbekiston bo‘ylab yuqori sifatli fabrika romlarini taklif etadi

    Bugun, 09:00
    Reklama

    O‘zbekistonga keltirilayotgan baʼzi asbob-uskunalar boj va QQSdan ozod etildi

    Bugun, 09:50

    Samolyot bortida qo‘shiq kuylab, qizni haqoratlagan rossiyalik Toshkentda jarimaga tortildi

    Bugun, 09:33

    Yerevanda Qorabog‘ yuzasidan o‘tkazilgan namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi (video)

    Bugun, 09:11

    Ekologiya vazirligi o‘zbekistonliklarni “Avtomobilsiz kun”da ishtirok etishga chaqirdi

    Bugun, 08:50

    Tavsiya etamiz

    Namangandagi bolalarning ommaviy zaharlanishi Sog‘liqni saqlash vaziri nazoratida ekani ma’lum qilindi

    07:00 / 22.09.2023

    “Besh-olti fuqaro o‘tiribdi. Orqa eshikdan chiqib keting xo‘jayin, deb sizni xalqdan uzib qo‘yadiganlar ham bo‘ladi” — Zoir Mirzayev rahbar inqirozi haqida

    23:00 / 21.09.2023

    Yahudiylarning poklanish marosimi, namoyishga chiqqan o‘qituvchilar, qirol bilan kechki ovqat — 21-sentabr suratlari

    22:00 / 21.09.2023

    Oliy sud Xorazmdagi mehribonlik uyida qizlarni zo‘rlagan amaldorlarga jazo o‘zgarishsiz qolgani haqidagi xabarni rad etdi

    13:00 / 21.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Davlat budjetining to‘rt kunlik daromad va xarajatlari miqdori ochiqlandi. Xarajatlar ancha yuqori

    16:00 / 08.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    iPhone 15 Pro Max rasmiy sotuvdan bir kun oldin “Malika” bozorida sotilmoqda. Uning narxi qancha?

    21:00 / 21.09.2023

    Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuv yo‘q — “Tolibon”

    21:00 / 21.09.2023

    Chet elda tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘z vatanida mashhur bo‘lgan turk aktyorlari (foto)

    09:00 / 21.09.2023

    Toshkentda 7 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkakka jazo tayinlandi

    12:00 / 21.09.2023

    Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatiga yirik raketa zarbalarini berdi (foto, video)

    11:00 / 21.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?