Samarqand viloyatining Payariq tumanida qayd etilgan koronavirusga chalinish holatlarining 11 tasi tibbiyot xodimlarida aniqlangan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, tumanda hozirgacha 28 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning 11 nafari (10 nafari viloyat, 1 nafari tuman) tibbiyot xodimi, 1 nafari tuman gaz idorasi xodimi, 1 nafari IIB xodimi, 3 nafari mavsumiy ishchi, 1 nafari haydovchi, 1 nafari tadbirkor, 4 nafari uy bekasi, 2 nafari maktab o‘quvchisi, 4 nafari pensioner.
“Yuqoridagi holatdan kelib chiqib barcha fuqarolarimizdan qonunlarga itoatkorlikni oshirib, bir yoqadan bosh chiqarib,.. anglab,.. kurashishga chaqiramiz”, — deyiladi tuman hokimligi axborotida.
Eslatib o‘tamiz, 30-may soat 23:00 holatiga ko‘ra butun Samarqand viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 360 ta holat qayd etilgan; bemorlarning 274 nafari (76 foizi) sog‘aygan, ikki nafari vafot etgan.
Viloyatning Oqdaryo, Ishtixon, Pastdarg‘om, Payariq, Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari va Samarqand shahri ham “qizil” hududlar qatoriga kiritilgan.
Izoh (0)