Andijon viloyati Asaka tumanida fuqarolarga UzAutoMotors AJga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan va ularni jami 42 ming AQSh dollariga chuv tushirgan firibgarlarga jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ga ma’lum qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan UzAutoMotors AJning boshqarma boshliqlari va boshqalarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “U-C” qo‘shma korxonasi qo‘riqlash xizmati boshlig‘i A.Yu., korxona haydovchisi J.A. va boshqalar oldindan til biriktirib 31 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tumandagi UzAutoMotors AJga turli lavozimlariga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 42 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan A.Yu. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Angrendagi “Avto ideal xizmati” fuqarolarni 30 mlrd so‘mga chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi
- Buxoroda jarima maydoniga joylashtirilgan avtomobilni chiqarib berish evaziga “xizmat haqi” so‘ragan shaxs qo‘lga olindi
- Olmaliqda 2 nafar fuqaroni ishga olib kirishni va’da qilib, ulardan 3 ming AQSh dollari talab qilgan firibgar qo‘lga tushdi
Izoh (0)