Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Tojikistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganish holatlari soni 158 taga ko‘payib, kasallanganlar soni 3424 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar bergan.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

“Tojikistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari soni 158 taga ko‘paydi va kasallanganlarning umumiy soni 3424 nafarga yetdi”, — deya ma’lumot bergan agentlikning suhbatdoshi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda COVID-19’dan 1575 kishi tuzalgan, 47 nafar bemor infeksiya asoratlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Ortda qolgan bir sutka davomida kasallikdan vafot etish holatlari kuzatilmagan.

Vazirlik bergan ma’lumotlarga asosan, mamlakatda 2501 kishi shifokorlar nazoratiga olingan, oxirgi bir sutka davomida 385 nafar odam tibbiyot muassasalaridan chiqarilgan.

Bemorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan intellektual tibbiyot markazi tashkil qilingan, unda vazirlik mutaxassislari va soha olimlari maslahat tarzida, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar orqali bemorlarni tekshirish orqali ularga yordam ko‘rsatmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)