Germaniya chempionatining eng tezkor futbolchilari reytingida yetakchi o‘zgardi.

Foto: Getty Images

Transfer huquqi “Real”ga tegishli, “Borussiya D”ning 21 yoshli himoyachisi Ashraf Hakimi Bundesliganing eng tezkor futbolchisiga aylandi. Hakimi Germaniya chempionatining 16-turi doirasida “Leypsig”ga qarshi kechgan bahsda (3:3) 36,2 kilometr/soat tezlikka erishgandi. 20-turdagi “Union” bilan bo‘lgan o‘yinda (5:0) esa Ashraf 36,49 km/soat tezlikni qayd etgan.

Ikkinchi o‘rindan “Shalke-04”ning 19 yoshli yarim himoyachisi Rabbi Matondo (35,97 km/soat) o‘rin olgan bo‘lsa, “Kyoln” himoyachisi Kingsli Ehizibu (35,85) kuchli uchlikka yakun yasagan.

Bundesligada mazkur statistika 2011-yildan buyon hisoblab kelinadi.

2011/12-yilgi mavsumdan shu vaqtga qadar Bundesliganing eng tezkor futbolchilari bilan tanishing:

1) Ashraf Hakimi (“Borussiya D”) — 36,49 km/soat;

2) Rabbi Matondo (“Shalke-04”) — 35,97 km/soat;

3) Kingsli Ehizibu (“Kyoln”) — 35,85 km/soat;

4) Kingsli Koman (“Bavariya”) — 35,66 km/soat;

5) Jerri Sen-Jyust (“Mayns”) — 35,60 km/soat;

6) Fabian Jonson (“Borussiya M”) — 35,50 km/soat;

7) Pyer-Emerik Obameyang (“Borussiya D”/“Arsenal”) — 35,44 km/soat;

8) Sheraldo Bekker (“Union”) — 35,43 km/soat;

9) Lukas Klyunter (“Herta”) — 35,40 km/soat;

10) Artyom Rudnev (“Kyoln”) — 35,39 km/soat;

10) Yan Rozental (“Ayntraxt”/“Oldenburg”) — 35,39 km/soat.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!