Ushbu burgerlar, ayniqsa, bolajonlarga yoqishi aniq.

Foto: Lifehacker

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • Burger nonlari
  • Tovuq qiymasi — 450 gr
  • Pomidor — 4 dona
  • O‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq
  • Salat bargi — 5-6 dona
  • Non tolqoni
  • Pishloq (iloji bo‘lsa, motsarella pishlog‘idan foydalaning)
  • Sarimsoq piyoz
  • Tuz, qora murch, quritilgan rayhon

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qiymaga sarimsoq, tuz, murch, quritilgan rayhon qo‘shib aralashtiring.
  • Qiymani non bo‘lagi nechta bo‘lsa, shunchaga bo‘ling.
  • Bo‘lingan qiymaning ichiga pishloq solib ustini yoping.
  • Kotletlar non bo‘lagiga mos kattalikda bo‘lishi kerak.
  • Kotletni non tolqoniga bulab, o‘simlik yog‘ida har ikki tomonini yaxshilab qovurib oling.
  • Burger nonlari orasiga salat bargi, tayyor kotlet va pomidor qo‘ying.
  • Burgerlar uchun istagan sousingizni tayyorlang .

Yoqimli ishtaha!

“Daryo”dagi boshqa retseptlardan ham foydalaning.