18-may, dushanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Italiyaning Rim shahridagi Gucci do‘koniga kirishda xaridorlar tana harorati o‘lchanmoqda.

Foto: EPA

Irlandiyaning Monigall shahridagi chekka qishloq aholisi dron yordamida kerakli mahsulot va dori-darmonlarni qabul qilib olmoqda.

Foto: Reuters

Moskvada Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Kiyev vokzalida dezinfeksiya ishlarini olib bormoqda.

Foto: Reuters

Afinada Madaniyat vazirligi vakili Akropol balni tozalab, tashrif buyuruvchilarni kutib olishga tayyorlanmoqda.

Foto: Reuters

Londondagi Trafalgar maydonida hukumatdan ekologik tiklanishning barqaror rejasini ishlab chiqishni talab qilgan ekoharakat a’zolari 1500 juft bolalar poyabzalini terib chiqdi. Suratda ularning orasida turgan bolakay.

Foto: Reuters

BAAning Dubay shahrida dron yordamida olingan suratda Al-Qudra yo‘lagida velosipedda ketayotgan odamlarni ko‘rish mumkin.

Foto: EPA

Istanbul shahridagi Bosfor bo‘g‘ozida sakrayotgan delfin.

Foto: Getty Images

Hindistonning Ajmer shahrida politsiya xodimi umummilliy yopiq tartib yumshatilganidan keyin Uttar-Pradeshga yo‘l olayotgan muhojir ishchilar poyezdi yo‘lovchilarining idishlarini suvga to‘ldirib bermoqda.

Foto: AFP

Portugaliya poytaxti Lissabonda maktab ochilganining ilk kunida ijtimoiy masofalanishga yordam berish maqsadida yerga tushirilgan ko‘rsatkichlar.

Foto: EPA

Filippinning Manila shahridagi devorlarga Art Attack guruhi ijodkorlari tibbiyot xodimlarini qo‘llash uchun xayoliy superqahramon Darnaning himoya kiyimlaridagi rasmini chizdi.

Foto: Getty Images

Belgiyaning Bryussel shahridagi go‘zallik salonida himoya niqobi taqib olgan kostyumer.

Foto: EPA

Tokioda Mudofaa vazirligi yangi qurolni sinovdan o‘tkazmoqda.

Foto: Rex

Bangladeshning Narayanganj shahrida Covid-19’ga bag‘ishlab chizilgan graffiti yonidan o‘tib borayotgan ayol.

Foto: AFP

Janubiy Afrika poytaxti Keyptaundagi Si Point qirg‘og‘i bo‘yida mashq qilayotgan odamlar.

Foto: AP Photo

Toshkent shahridan viloyatlarga dastlabki poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Suratda yo‘lovchining tana haroratini o‘lchayotgan vokzal xodimlari.

Foto: “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ

AQShning Nyu-York shtatidagi Kuins tumanida ovqat uchun navbatga turgan odamlar.

Foto: Reuters

Falastinlik bolakay salqinlanib olish uchun Isroil okkupatsiya qilgan G‘arbiy qirg‘oqdagi anhorda cho‘milmoqda.

Foto: Reuters

Xitoyning Uxan shahrida nuklein kislotasiga testdan o‘tayotgan qizaloq.

Foto: Reuters

Meksikaning Mexiko shahri krematoriy ishchilari himoya kiyimida.

Foto: Reuters

Polshaning Varshava shahrida hukumatga qarshi namoyishda ko‘ziga yoshlantiruvchi gaz sepilgan erkak bayroq oldida o‘tiribdi.

Foto: Reuters