O‘zbekistonda 15-may soat 19:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 30 nafarga oshib, 2682 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 5 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan bo‘lib, 13-may kuni ularning 3 nafari Qozog‘istondan, 2 nafari esa Rossiyadan kelgan.
25 nafar fuqaroning kasallanish holati esa (ularning 23 nafari Samarqand viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan) oldin kasalligi tasdiqlangan 11 nafar bemor bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasidan aniqlandi.
O‘zbekistonda 2158 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 80 foizni tashkil etmoqda. Ayni paytda 513 nafar bemor kasalxonada davolanayotgani ma’lum qilingan.
Izoh (0)