• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: “G‘alabami yoki xotira?”, “Qizilmisiz-sariqmisiz-yashilmisiz?”, Sardobadan quruq chiqishni istaganlar

    Xabarlar to‘lqini ostida yangi oyning birinchi haftasi ham o‘tdi. Bosh mavzularimiz yana Sardoba avariyasi atrofidagi gaplar, koronavirus tashvishlari va 9-may taassurotlari.

    Kelib chiqishi texnogen bo‘lgan Sardoba avariyasini tekshirishga undovlar yanada ko‘payib ketdi. Avval xabar berganimizdek, mas’ullar “tabiiy ofat” deya halokatni shamol va yomg‘irga to‘nkashga uringani behuda ekani sezilib qoldi. Tahliliy maqolalar orasida jurnalist Shuhrat Shokirjonovning “Sardoba fojiasi: ‘Asr o‘pirilishi’ aybdorlari suvdan quruq chiqa olmasligi shart” maqolasida “O‘zi nega suv ombori qurilishi ‘O‘zbekiston temir yo‘llari’ AJga berilgani ham juda katta savol bo‘lib turibdi.

    Bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istonda.

    Bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istonda.
    Foto: Qozog‘iston bosh vaziri matbuot xizmati

    Temiryo‘lchilar shunchalik usta quruvchilarmidiki, O‘zbekistondagi temir yo‘lga tegishli bo‘lgan va tegishli bo‘lmagan barcha ‘yog‘li’ joylar ularga nasib etaversa?!”, deb savol qo‘yiladi va Qamchiq dovonidagi temiryo‘lda ko‘chki va o‘pirilish sodir bo‘lgani,Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on temiryo‘li har yili tuproq va seldan o‘pirilishi, Yunusobod metro liniyasida tuproq o‘pirilib 6 quruvchi halok bo‘lgani tilga olinadi. Bu “nosoz inshootlar”ning hammasini “O‘zbekiston temir yo‘llari” qurganiga ahamiyat qaratiladi hamda Sardoba avariyasi aybdorlari qutulib ketmasligi shartligiga urg‘u beriladi.

    Telegram’dagi @davletovuz kanali esa “Sifatsiz qurilishlarga mas’ul rahbarlarning iste’foga chiqarilishi shu kunlarda juda o‘rinli bo‘lar edi”, deb yozdi. “Kurash odatda mayda poraxo‘rlar, ayniqsa, pora berganlarga qarshi tanlov asosidagi kampaniya bo‘lib qolyapti. Jinoyat kodeksidagi korrupsiya uchun javobgarlik o‘sha-o‘sha holicha qolyapti. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda respublika sudlari tomonidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan 191 shaxsga nisbatan 145 ta ish, 211-moddasi (pora berish) bilan esa 1 179 shaxsga nisbatan 995 ta ish ko‘rilgan. Nisbatni qarang. Manfaatlar to‘qnashuvi, tender, davlat xaridlari to‘liq shaffoflashtirilishi kerak”, deb e’tiborni qaratadi @davletovuz.

    Xo‘sh, Sardobada yetgan zarar ko‘lami qancha? Falokat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32 381 gektar maydonlari talofat ko‘rgan. Toshqin 10 ta mahalla, 23 ta aholi punktlari hududidagi 4 711 ta turar va 277 ta noturar joy obyektlari, 30 718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Sardoba tumanining Do‘stlik, Qo‘rg‘ontepa, Yurtdosh aholi punktlarida jami 743 bosh, Oqoltin tumani aholi punktlarida jami 551 bosh, Mirzaobod tumanidagi aholi punktlarida jami 1 330 bosh nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadlari ko‘mish yo‘li bilan zararsizlantirilgan.

    Sardoba falokatiga AQSh 100 ming dollar ajratdi. Asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonov esa Sardoba avariyasidan aziyat chekkan O‘zbekistonga 10 million, Qozog‘istonga 5 million dollar xayriya qildi. Sardoba suvi qo‘shni qozog‘istonliklarni ham bezovta qilgani uchun ancha hijolatda qolgan edik. Biroq “yon qo‘shni – jon qo‘shni”larimiz bilan san-manga bormasdan muzokaralar yo‘li bilan muammo hal etildi. O‘zbekiston o‘z qutqaruvchilarini Qozog‘istonga yubordi, bosh vazir Abdulla Aripov toshqindan jabrlanganlarga quriladigan uylarga poydevor qo‘yishda ishtirok etdi.

    * * *

    Yashil hudud.

    Yashil hudud.
    Foto: @huquqiyaxborot

    Koronavirusning sakkizinchi haftasi davom etyapti, mamlakat virus bilan yashashga ko‘nikdi. Endi qaynoq yangiliklarning eng yuqorisida “virusli xabar”lar ko‘rinmay qoldi. Shunday bo‘lsa-da, koronavirus diqqat markazidan aslo yo‘qolgani yo‘q. O‘zbekistonda so‘nggi ikki haftadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, hududlar “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratildi. 14 kun ichida koronavirusga chalingan shaxslar aniqlangan hududlar “qizil”, koronavirusga chalingan shaxslar aniqlanmagan, biroq kasallikdan davolanayotganlar bo‘lgan hududlar “sariq”, 14 kun ichida koronavirusga chalinganlar aniqlanmagan va bemorlarning bari davolanib bo‘lgan hududlar “yashil” toifaga kiritiladi.

    O‘zbekistonda virus yuqqanlar soni kamayishda davom etmoqda, qo‘shni Tojikistonda esa kasallik endi tarqala boshladi. O‘zbekiston koronavirusga qarshi kurashishda yordamlashish uchun Tojikistonga 8 nafar virusolog  yubordi. Shuningdek, konteynerlar, 10 ta sun’iy nafas olish (IVL) apparatlari va juda ko‘p tibbiy xalatlar, medikamentlar, qo‘lqop, respiratorlar ham jo‘natildi.

    Eslatib o‘tamiz: 2020-yil 10-may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2 411 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatimizda koronavirus kasalligidan davolanish ko‘rsatkichi 79 foizga etdi.

    ***

    Mustaqillikdan keyin doimo “Xotira va qadrlash kuni” deb nishonlab kelingan 9-may bu yili G‘alaba bayrami tusini oldi. Shavkat Mirziyoyev yangi bunyod etilgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydi va bog‘dagi “Shon-sharaf” muzeyini tomosha qildi. Bu yodgorlikka Ikkinchi jahon urushida besh o‘g‘lidan ayrilgan toshkentlik Zulfiya aya Zokirova asos qilib olingan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu kuni Toshkentda mushakbozlik uyushtirildi. Televideniyeda esa Ikkinchi jahon urushidagi o‘zbek jangchilari hamda front ortida qolganlarning matonatini tasvirlovchi “Ilhaq” va “101” filmlari birinchi marta namoyish qilindi.

    Mavzuga doir:

    • “Qarg‘alar uchsa qaraylik”. “Ilhaq” filmidan nima kutgandim-u, nima oldim?
    * * *

    Endi bosh vazir O‘zbekistonning o‘sish nuqtalari hisoblanadigan IT-texnologiyalar, kon-metallurgiya va neft-gaz sohalari bilan shug‘ullanadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilgan. “Ko‘p vazifalar bosh vazir o‘rinbosarlari zimmasiga o‘tadi. Bosh vazir mamlakatning o‘sishini ta’minlaydigan yo‘nalishlar bilan shug‘ullanadi, chet ellarga boradi”, degan prezident. Shuningdek, “Pandemiya dunyoqarashimni o‘zgartirdi, boshqalarning ham dunyoqarashi o‘zgarishi kerak. Endi eskicha uslub bilan ishlab bo‘lmaydi. Vazirlarning 30 foiz vaqti Toshkentga, 70 foizi esa viloyatlarga o‘tishi kerak. Shunda xalqni tashvishlantirayotgan muammolarni his qiladi, oddiy odamlar bilan ishlashni o‘rganadi”, — deb ta’kidlagan.

    * * *

    Bu hafta mashhur xonanda Yulduz Usmonova yana bir marta diqqat markaziga ko‘tarildi. Mashhur qo‘shiqchi Sardoba jabrdiydalari uchun uyi oldida yordam to‘plagan edi. Biroq mahsulotlarni Sirdaryo viloyatiga eltishda militsiyadan ko‘mak so‘raganda ular yordamlashmagan.

    Shunda Yulduz video orqali “Hammasi nomard bular. Bunaqa nomard militsiya ko‘rmaganman. Bugun Mirzo Ulug‘bek trassasiga qarayman, dedi kelgan mayor. Bitta militsiya, bitta ‘GAI’ bering dedim, biz eplolmay qoldik. ‘Xop’ dedi, bermadi. ‘Uchastkovoy’ chiqmadi. Tfu senlarga. Padar la’nati bo‘ldilaring sizlar bugun. Xalq birlashdi, xalqning yonida turmadilaring. Tfu ‘GAI’larga, tfu militsiyaga. Xalq eshitsin, militsiya klizma olmaguncha umuman ishlamaydi. Hozir Karimovni davrida yashamayapsanlar, har kuni klizma olgani. Shunchalik ham klizmaga o‘rganib qolasanlarmi? Vijdonan ishlashni ham o‘rganinglar, soat nechchi bo‘ldi, haliyam uxlayapsizlar?!” – degan.

    Bu ayblov internetda yangi mashmashani boshlab berdi. Xalq artistini qator faollar, jumladan, Madaniyat vazirligi ham tanqid qildi. Ko‘p o‘tmay Yulduz Usmonova “Hurmatli ichki ishlar, mudofaa, milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, ulug‘ ayyom kunlari dilingizni og‘ritgan bo‘lsam hammangizdan uzr so‘rayman. Hammamizda ham ayb bor. Men ko‘rganim uchun gapirdim, Ko‘rganim, gapirganim uchun uzr so‘rayman”, deb uzr-ma’zur videosini joyladi.

    Toshkent shahar IIBB Yulduz Usmonovaning ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani holati yuzasidan surishtiruv boshlagani aytildi. Ammo Oliy sudga ko‘ra, Yulduz Usmonovaning ishi yuzasidan materiallar sudga kelib tushmagan. Bu aralash voqealarni shou-biznes muxlislari ham, xontaxta ekspertlari ham birday qizg‘in muhokama qildi va virus mavzusidan bir oz chalg‘idi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling!

    11.05.2020, 10:10   Izoh (0)   71882
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 35 kishiga ko‘payib, 2453 nafarga yetdi

    11.05.2020, 10:00

    Toshkent shahar hokimligi “Qanotchi” restorani tajriba tariqasida ishga tushirilganini bildirdi

    11.05.2020, 07:54

    Fotoreportaj: Samarqandda harbiylar yuz bilan yuzlashgan ikki nafar urush faxriysini ziyorat qildi

    11.05.2020, 07:26

    Asalhoneyning o‘z uyida kaltaklanishi va tanasi skotchlab ketilishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi (video)

    11.05.2020, 06:21

    Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvchi namanganlik 5 nafar haydovchida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

    10.05.2020, 23:58

    Samarqandda nomusga tegganlik aybini qo‘yish orqali fuqarolardan bir yil davomida pul undirib kelgan shaxs 10 yillik qamoq jazosidan norozi

    10.05.2020, 23:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.