AQShning Jeksonvill (Florida shtati) shahrida o‘tkaziladigan UFC 249 musobaqasi O‘zbekistonda jonli efirga uzatiladi.
UzReport telekanali musobaqani O‘zbekistonda translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi. Musobaqa Toshkent vaqti bilan 10-may kuni tonggi soat 05:00 da boshlanadi.
Kechaning asosiy jangi yengil vazn toifasining taniqli vakillari Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasida kechadi. Musobaqaning yana bir markaziy jangida Genri Sehudo va Dominik Kruz o‘zaro to‘qnash keladi. Shuningdek, mazkur kechada Donald Serrone va Entoni Pettis o‘rtasida revansh jangi ham bo‘lib o‘tadi.