Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 72 ta holat qayd etildi. Bu haqda davlat komissiyasi tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
5-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha yana 72 holat aniqlangan bo‘lib, butun mamlakat bo‘ylab kasallar soni 4121 kishiga yetdi. Bemorlarning 1173 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 29 kishi vafot etgan. COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etilgan:
- Nur-Sulton — 17;
- Olmaota — 17;
- Chimkent — 2;
- Atirau viloyati — 9;
- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 4;
- Qizilo‘rda viloyati — 2;
- Mang‘istov viloyati — 10;
- Turkiston viloyati — 11 ta holat.