Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 5-may, seshanba kuni karantin sharoitini yanada yengillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida karantin choralari yengillashtiriladigan hududlarni belgilash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga hokimliklar bilan birga har bir tuman va shaharning karantin darajasini belgilash, joylardagi vaziyat o‘zgarishiga qarab, tezkorlik bilan karantin darajalarini yangilab borish vazifasi qo‘yildi. 23-aprel kuni tasdiqlangan pandemiya davrida vaqtinchalik sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyenik normalarga rioya etish zarurligi ta’kidlandi.
Karantindan keyin iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlar barqaror faoliyat yuritib ketishi uchun sharoit yaratishni hozirdan boshlash kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlari va banklar bilan birga 1-iyunga qadar korxonalarga ko‘rsatiladigan yordam turlari va miqdorini aniqlab, har bir korxona bo‘yicha Inqirozdan keyingi manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish topshirildi. Ushbu rejada korxonalarga aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha kreditlar berish, eksport majburiyatlarini bajarishga ko‘maklashish, tomorqa va issiqxonalar uchun davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar miqdorini oshirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Mavzuga doir:
- O‘zbekistonda stikerlar bekor qilinadi va shaxsiy avtomobillardan foydalanishga ruxsat beriladi
- O‘zbekistonda energiya sarfi yaqin yillarda kamida ikki barobarga qisqartiriladi
- Karantindan keyin O‘zbekiston iqtisodiyotining tiklanishiga qancha vaqt ketishi mumkinligi ma’lum qilindi
- Shavkat Mirziyoyev: “Koronavirus pandemiyasi ko‘p masalalardagi xatolarni, jumladan, dehqon bozorlaridagi kamchiliklarni yaqqol ko‘rsatdi”
- “Vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz”. Shavkat Mirziyoyev karantin cheklovlarining bosqichma-bosqich yumshatilishi haqida