Prezident Shavkat Mirziyoyening ta’kidlashicha, Sardoba suv omboridagi falokat “biz uchun achchiq saboq bo‘ldi”. Bu haqda davlat rahbari 5-may, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilgan.
“Bu suv toshqini biz uchun achchiq saboq bo‘ldi. Shu sababli suv ombori masalasida biz xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda to‘g‘onning barcha dambalarini chuqur ekspertizadan o‘tkazamiz. Faqat shundan keyingina yakuniy xulosaga kelamiz”, — dedi Prezident.