Gvatemalada AQShdan deportatsiya qilingan 76 kishilik guruh shahar harbiy havo kuchlari bazasiga olib kelinayotgan vaqtda avtobus oynalaridan qo‘llarini silkitmoqda.Foto: Getty Images
Indoneziyaning Jakarta shahrida xaridorlar an’anaviy bozorda xarid qilmoqda.Foto: Reuters
Buxoro viloyatining Olot tumanida Milliy gvardiya Qo‘riqlash xizmati tomonidan qutqarib olinayotgan fuqarolar.Foto: Telegram/“Potrebitel Buxara plyus”
Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida telekanal operatori beysbol stadionida muxlislar tribunasi tarafdan o‘tib bormoqda. Professional liga o‘yinlari avvaliga muxlislarsiz, ularning suratlari yopishtirilgan tribunalar guvohligida boshlanadi.Foto: AP Photo
Ruandaning Kigali shahrida ijtimoiy masofani saqlash uchun oq doira ichida o‘tirgan bolakaylar.Foto: Getty Images
Chexiyaning Praga shahridagi Karl ko‘prigi ustida reklamani tasvirga olish jarayonida tanaffus qilayotgan modellar.Foto: EPA
Dominikan Respublikasining Santo-Domingo shahridagi Fray Antonio de Montesinos haykaliga niqob kiydirib ketildi.Foto: EPA
Fransiyaning Puassi shahrida mamlakat rahbari Emmanuel Makron Pyer de Ronsar nomidagi boshlang‘ich maktabga tashrifi davomida bolalar bilan fikr almashmoqda.Foto: EPA
Ayni paytda yopiq bo‘lgan Gonkongdagi Ocean Park bog‘ida oziqa uchun intilayotgan pingvinlar.Foto: Getty Images
Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-may, seshanba kuni karantin sharoitini yanada yengillashtirish va iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.Foto: Prezident matbuot xizmati
Italiyaning Venetsiya shahrida kichik biznes sohasi vakillari tomonidan uyushtirilgan miting ishtirokchilari Rialto ko‘prigi yonida to‘xtab, koronavirus tufayli vafot etgan tibbiyot xodimlarining xotirasini yod etmoqda.Foto: Reuters
Bangladeshning Dakka shahrida taqiq qoidalari yumshatilgach, avtomobillar va transport vositalari harakati ko‘paydi.Foto: Reuters
Italiyaning Neapol shahrida namoyishga chiqqan do‘kon egalaridan biri bosh vazir Juzeppe Kontening surati tushirilgan, ko‘zlari o‘yilgan niqobni arqonga ulab ushlab olgan.Foto: Reuters
Ispaniyaning Barselona shahrida qariyalar uchun ruxsat etilgan vaqtda o‘rindiqlarda gazeta o‘qib o‘tirgan odamlar.Foto: Reuters
Vyetnamning Xanoy shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloq himoya niqobida vaksina olib, shifoxonani tark etish arafasida.Foto: Reuters
Izoh (0)