Angren shahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 23-aprel kuni Angren shahri “Bog‘i Surh” MFY Abay ko‘chasidagi uyda yashovchi F.N.ning yashab turgan turar joyi hovlisida qazilgan chuqur natijasida qabr ochilgan.
30-aprel kuni fuqaro bu haqda Angren shahar tarixi muzeyiga xabar bergan. Muzey xodimlari 1-may kuni Angren shahar “Bog‘i Surh” MFY Abay ko‘chasida yashovchi fuqaroning murojaati asosida uning yashab turgan turar joy hovlisidan qazilgan chuqurda qazishma ishlari olib borgan.
Tadqiqot ishlari xulosasiga ko‘ra, ushbu qabr Qovunchi madaniyatiga oid bo‘lib, u miloddan avvalgi 3-4 asrlarga tegishli ekanligi qayd etilgan. Qabrdan shu davrda yashagan odamlarning suyak qoldiqlari va 5 xil turli hajm va shakldagi sopol buyumlar qazib olingan.
Izoh (0)