Farg‘ona shahriga kirib-chiqishni taqiqlash tartibi 4-maydan boshlab bekor qilindi. Viloyatda tashkil etilgan ichki karantin postlari faoliyati tugatildi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.
Karantin sabab faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan Farg‘ona viloyat IIB YHXB hamda tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari ish faoliyatini davom ettirmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarida ma’muriy amaliyot inspektorlari tomonidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Viloyat IIB vaqtinchalik postlar faoliyati to‘xtatilgan bo‘lsa-da, fuqarolarni karantin qoidalariga qat’iy amal qilish borasida ogohlantirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon shahrida karantin tartibi yumshatilib, taksilar faoliyatiga ruxsat berilgandi. Shaharda, shuningdek, go‘zallik salonlari va mehmonxonalar ham faoliyatini boshlagan.
Izoh (0)