AOKAdagi shtabda 27-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda madaniyat vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez muhokama qilinayotgan mavzu, ya’ni o‘zbek san’atkorlarining karantin davrida aholiga qay darajada moddiy yordam ko‘rsatayotganiga to‘xtalib o‘tdi.
“Respublikada koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan muhim amaliy chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va uning tasarrufidagi hududiy boshqarmalar hamda respublika tashkilotlarida mehnat qilayotgan xodimlar, davlat teatri aktyorlari, san’atkorlar ham imkon qadar ko‘maklashmoqda. Shu paytga qadar ular tomonidan 7 milliard 112 million so‘m mablag‘ O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga yo‘naltirildi.
Shuningdek, “Pharm plast holding” MChJ bilan hamkorlikda 2 milliard so‘m miqdordagi dori-darmon mahsulotlari ham xalqimizga yetkazib berish uchun O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga yordam sifatida taqdim etildi”, — deydi Mavluda Asqarxo‘jayeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik san’atkorlar koronavirusga qarshi kurashishga 1,7 milliard so‘m o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)