Koronavirus pandemiyasiga qadar ko‘pchilik bahorning ikkinchi qismi va yozning boshida ta’tilga chiqishni mo‘ljal qilgan bo‘lsa, ajab emas. Siz borishni rejalashtirgan aksariyat kurortlarning ko‘rinishi hozir deyarli bir xil — kimsasiz. Ammo ular hali ham chiroyli.
Ba’zi taxminlarga ko‘ra, turistlar uchun chegaralar yil oxirida ochilishi mumkin. Hozircha esa kurortlarni faqat texnologiyalar yordamida ko‘rish mumkin. Sayyoraning eng chiroyli yerlariga o‘rnatilgan veb-kameralar yordamida Avstraliyaning qaysidir burchagida quyosh chiqishi yoki Argentinada quyosh botishini tomosha qilish mumkin.
“Hi-Tech Mail.ru” eng chiroyli kurortlarning kadrlarini to‘pladi. Tomosha qiling va ta’tilga chiqish naqadar maroqli bo‘lishini yodga oling.
Boshqa fotogalereyalar:
- Temza daryosi uzra “sayr qilayotgan” hojatxona qog‘ozi, virusdan tuzalgan 83 yoshli onaxon, bo‘shab yotgan Moskva. Hafta suratlari
- O‘rnak olsa arziydi: jonivorlar masofa saqlashni bilishini isbotlovchi suratlar
- 2019-yilning eng yaxshi suratlari aniqlandi
- Kecha va bugun: Karantin vaqtida huvullab qolgan Buxoro (foto+video)
Izoh (0)