Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatining Oqdaryo va Jomboy tumanlariga 18-aprel kuni yangi hokimlar tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi.

Najmiddin Sulaymonov.

Najmiddin Sulaymonov.
Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Feruz Abilov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Najmiddin Sulaymonov Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Samarqand viloyati hokimligidan ma’lum qilishlaricha, Feruz Abilov pensiyaga chiqqan Abdumajit Nurqulov o‘rniga Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Qayum Sobirov.

Qayum Sobirov.
Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Jomboy tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Hamza To‘ychiyev o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qayum Sobirov Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi