Samarqand viloyatining Oqdaryo va Jomboy tumanlariga 18-aprel kuni yangi hokimlar tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi.
Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Feruz Abilov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Najmiddin Sulaymonov Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Samarqand viloyati hokimligidan ma’lum qilishlaricha, Feruz Abilov pensiyaga chiqqan Abdumajit Nurqulov o‘rniga Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.
Jomboy tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Hamza To‘ychiyev o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qayum Sobirov Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Izoh (0)