Toshkentda 18-aprel kuni Chilonzor tumanida joylashgan “Ming Chinor” kafesida yong‘ib kelib chiqdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Xabar berishlaricha, yong‘in haqidagi xabar yong‘in xavfsizligi xizmatiga 19:22 da kelib tushgan, 19:27 da ilk o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga yetib kelgan. 20:12 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida kafening taxminan 200 metr kvadratdan ortiq maydoni yongan. Voqea joyiga sakkizta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar, shuningdek, yong‘in yetkazgan zarar miqdori haqida batafsil axborot berilmagan.
Izoh (0)