Dunyoga mashhur italiyalik tenor Andrea Bochellining Pasxa bayrami munosabati bilan bo‘m-bo‘sh Milan soborida bergan konserti bir sutkada YouTube’da tomosha qilishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.
Qo‘shiqchining chiqishi bir sutka ichida 26,5 million martadan ortiq tomosha qilingan bo‘lib, ayni vaqtda 32 milliondan oshib ketgan.
Bochelli organ chaluvchi Emanuel Vianelli bilan birgalikda konsert bergan. Xususan, tenor Shubertning “Ave Maria” kompozitsiyasini ijro etgan.
62 yoshli qo‘chiqchi o‘z chiqishini koronavirus pandemiyasida aziyat chekkan Italiyaga bag‘ishladi. Uning ta’kidlashicha, ushbu konsert Italiya va butun dunyoga sevgi, shifo va umid nomasi hisoblanadi.
Izoh (0)