O‘zbek san’atkorlari karantin vaqtida zerikmaslikka va muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 9-aprel kuni ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalarida turli xil qiziq video va foto postlar joyladi.

“Bravo” kulgi jamoasining a’zosi Otabek Mirzaxolov karantin vaqtida uyida ovchilikni boshlab yubordi.

View this post on Instagram

Karantinda uyda zerikkanda endi😂😂😂

A post shared by Otabek Mirzaholov (@otabekmirzaholov) on

Aktrisa Durdona Qurbonova chiroyli rasmlarini ishq haqidagi hikoya bilan joyladi.

View this post on Instagram

Gul suvga oshiq bóldi va dedi: -Seni sevaman. Suv ham gulga maftun edi. Javob qildi: -Men ham seni sevaman Oradan biroz vaqt ótkandam keyin takror Gul Suvga izhori dil qildi: -seni sevaman Suv ham - men ham seni sevaman - dedi; Gul kasal bólib sólib qoldi. Suv bu xolni kórib jidolmasdan tabib chaqirdi. Tabib gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi , Suv esa xovotirlanib : Gulga nima bólgan ekan- deb sóradi Tabib esa: Xech narsa qilmagan shunchaki suvsiz qolibdi;- dedi Bundan shu narsani tushuniladiki ishq faqatgina seni sevaman ! deb aytishlikdan iborat emas. Ishq òzingni sevgan insoninga bag’ishlay olishingda mexr bera olishingdadir......’’’

A post shared by 𝓓𝓾𝓻𝓭𝓸𝓷𝓪 𝓚𝓾𝓻𝓫𝓸𝓷𝓸𝓿𝓪 (@durdona_kurbonova) on

Xonanda Imronning “To‘y bo‘ladi” taronasiga o‘tkazayotgan chellenji kundan kunga ommalashib bormoqda. Xonanda bu safar oila bo‘lib kuylangan chellenjni joyladi. Ular “tez kunda virus ketadi”, — deb jo‘r bo‘lib kuylashmoqda.

https://www.instagram.com/p/B-wvXetl9Ha/?igshid=119v7pj80ovz0

Bir chimdim kulgi. Qiziqchi Zokir Ochildiyev sahifasiga qiziqarli ota va bola suhbatini joyladi.

“Million” kulgi jamoasining a’zosi Umidjon Haydarov uyida chiqindi to‘kib kelish uchun janjal ko‘tardi. Albatta bu — hazil.

Xonanda Jasurbek Mavlonov konsert dasturidan lavha joyladi. U konsertda ona haqida mungli she’r aytgan edi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Iroda Ilhom ijrosidagi “Uyda qoling” deb nomlangan qo‘shiqni joyladi. Qo‘shiqni barcha muxlislar chiroyli ijro deb baholashmoqda.

Mahoratli aktyor Javohir Zokirov muxlislariga yaxshi tavsiyalar berib, “karantin tugagandan so‘ng biz aqlliroq va yaxshiroq bo‘lamiz”, — deya post qoldirdi.

Instagram olamida ko‘plab xonandalar jonli ijro qilmoqda, lekin faqatgina Yulduz Usmonova bu ishni kunlik odatga aylantirgan bo‘lib, u 28-mart kunidan boshlab har kuni o‘zining Instagram’dagi rasmiy sahifasida jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim qilmoqda. Bu orada Yulduz Usmonova “Sevimli” kanalida ham jonli ijroda konsert berishga ulgurdi.

https://www.instagram.com/p/B-woDsAjVsL/?igshid=1fyezzohowahe

“The cover up” loyihasi orqali mashhurlikka erishgan xonanda Elmurod Ziyoyev ham jonli ijroda kuylab sahifasiga joylashtirdi.