9-aprel kuni Dushanbega O‘zbekiston Prezidenti tomonidan yuborilgan 18 vagon gumanitar yordam yetib bordi, deb xabar beradi Asia-Plus.
Ta’kidlanishicha, vagonlar ichidan ming tonna un, antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar, tibbiyot xalatlari, qo‘lqop va niqoblar, baxilalar, respirator va tibbiy ko‘zoynaklar o‘rin olgan. Gumanitar yordamni kutib olishga Tojikiston bosh vazir o‘rinbosari Azim Ibrohim va sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzoda chiqqan.
Avvalroq O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga va Eronga gumanitar yordam jo‘natdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.
Izoh (0)