Yengil hazm bo‘luvchi, vitaminlarga boy va mazali salat tayyorlaymiz. Ushbu salatni go‘shtli taomlar bilan birga yoki o‘zini asosiy taom sifatida dasturxonga tortish mumkin.
“Vitamin” deb nomlangan salatni tayyorlash uchun kerakli masalliqlar:
- sabzi — 1 dona;
- pomidor — 1 dona;
- olma — 1 dona;
- ko‘k piyoz — kichikroq bog‘;
- shivit — kichikroq bog‘;
- yogurt — aralashtirish uchun;
- soya sousi — ta’bga ko‘ra;
- yong‘oq, mayiz — ta’bga ko‘ra.
- Chuqurroq idish olamiz
- Sabzi va olmani tozalab olamiz. Ularni qirg‘ichdan o‘tkazamiz yoki yupqa somoncha shaklida to‘g‘rab olamiz.
- Pomidorni maydaroq to‘rtburchak shaklida to‘g‘raymiz.
- Yong‘oqni maydalab olamiz.
- Ko‘k piyoz va shivitni to‘g‘raymiz.
- Idishga ko‘kat, olma, sabzi va pomidorni solamiz. Uning ustiga mayiz va yong‘oqni qo‘shamiz. Salatga yogurt va soya sousini solib, yaxshilab aralashtiramiz va dasturxonga tortamiz.
Mavzuga doir:
- Kartoshka, pishloq va ko‘katli kotlet
- Kechki ovqat uchun makaronli 2 xil taom retsepti
- 10 daqiqada tayyor bo‘ladigan 3 ta bahoriy salat
- 10 daqiqada tayyor bo‘ladigan foydali va mazali desert
- Bolalarga yoqadigan grechkali yegulikning uchta retsepti
- Desert o‘rnini bosuvchi va oson tayyorlanuvchi mevali salat
- 5 daqiqada tayyorlanadigan foydali nonushta
Izoh (0)