AQShda har kuni 100 mingdan ortiq odam koronavirus uchun test topshirmoqda. Bu haqda AQSh vitse-prezidenti Mayk Pensga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
“Har kuni 100 mingdan ortiq testlarni o‘tkazayotganimiz haqida bugun ma’lum qildik. Hozirga qadar 1,2 milliondan ortiq test olindi”, — deydi vitse-prezident.
AQSh koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatga aylandi. Mamlakatda 215 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirib olgan, vafot etganlar soni 5 mingdan oshdi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)