Hindistonlik politsiyachi Rajesh Babu ishga noodatiy bosh kiyimida chiqdi, deb xabar berdi Metro.

Foto: Metro

Ushbu politsiyachi koronavirus infeksiyasi ko‘rinishidagi shlemda Chennay shahri ko‘chasida faoliyat olib borgan.

Huquq-tartibot organi xodimi shu tariqa koronavirusga qarshi kurashishga o‘z hissasini qo‘shib, mahalliy aholi vakillarini karantinga rioya etish muhimligini eslatmoqda, deyiladi xabarda.

Foto: Metro

Foto: Metro

Foto: Metro

“Biz qo‘limizdan kelgan barcha choralarni qo‘llayapmiz, lekin odamlar baribir ko‘chaga chiqyapti. Shuning uchun muammoning naqadar jiddiyligini odamlarga bildirish uchun shunday shlemdan foydalanishga qaror qildim”, — deydi Rajesh Babu.

Politsiyachi o‘z tashqi ko‘rinishi bilan odamlarda koronavirusga jiddiyroq yondashuvni shakllantirishiga ishonmoqda.