O‘zbekistonda 27-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 holatiga koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 88 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Avvalroq, 27-mart kuni soat 9:00 holatiga koronavirusga chalinganlar soni 83 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi. Yangi besh bemorning 2 nafari Farg‘onada, yana 2 nafari Xorazmda va bir nafari Toshkent shahrida qayd qilingan.