Ingliz futbol klublari “Barselona” hujumchisi Martin Breytueyt xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchiga “Everton” va “Vest Hem”dan qiziqish bor. Daniyalik futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Katalon klubi uni 18 million yevrodan kam bo‘lmagan miqdordagi pulga sotishga tayyor. “Barselona” aynan shuncha mablag‘ evaziga futbolchini “Leganes”dan sotib olgandi.
Breytueyt joriy mavsum “Barselona” safida uchta o‘yin o‘tkazdi. Klub uni Luis Suares va Usmon Dembelening jarohati sabab transfer oynasidan keyin sotib oldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)