Aston Martin kompaniyasi Valkyrie giperkari sinovdan o‘tkazilayotganini eslatib qo‘yish uchun uning bir qator suratlarini e’lon qildi, deb xabar beradi “NV.ua”.

Foto: Aston Martin Valkyrie

Ushbu giperkarlarni xaridorlarga yetkazib berish 2020-yilning ikkinchi choragidan boshlanadi. Valkyrie tiraji cheklangan: ishqibozlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, Aston Martin 150 ta mashina ishlab chiqarishni rejalashtirgan (25 dona AMR Pro kupesi ham shuning ichida).

Foto: Aston Martin

Aston Martin rahbari Endi Palmerning ma’lum qilishicha, kompaniya giperkar narxi 3 million yevro tursa-da 900 nusxa Valkyrie yig‘a olishini ma’lum qilgan.

Foto: Aston Martin

Aston Martin Valkyrie 1014 ot kuchiga ega 6,5 litrli V12 Cosworth dvigateli bilan jihozlangan bo‘lib, aylanuvchi momentlar soni daqiqasiga 11 mingga teng. Shuningdek, mashina elektromotor bilan ham jihozlangan.

Foto: Aston Martin

Bu kabi qarorning o‘ziga yarasha yomon tomoni ham bor: motorni har 100 ming kilometr masofa bosib o‘tilganidan keyin ta’mirlash kerak bo‘ladi. Valkyrie egalari silindrlar bloki yorilgan-yorilmaganini tekshirtirish uchun servis stansiyalariga murojaat qilishlari lozim.

Foto: Aston Martin

Bundan tashqari porshen va klapanlarni ham muntazam almashtirib turish kerak.