Nissan kompaniyasi bir qator davlatlarda o‘zining yangi logotipini patentlab, uning yangi ko‘rinishini taqdim etdi. Emblema oldingi shaklini saqlab qolgan, ammo ikki o‘lchovliga aylangan va o‘rtadagi gorizontal chiziq yo‘qolgan. Brend nomi yopiq aylana ichiga yozilgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Nissan

Yangi dizaynga ega emblemadan birinchi bo‘lib qaysi modellarda foydalanilishi hozircha ma’lum emas. Shunisi aniqki, modernizatsiyalashgan logotip Z lineykasidagi modellarga o‘rnatiladi — tegishli patent Kanada va Yangi Zelandiya idoralarining bazasida paydo bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Nissan tanlagan yo‘lni bundan avval Volkswagen va BMW kompaniyalari ham amalga oshirgan. Kompaniyalar birin-ketin uch o‘lchamli emblemadan ikki o‘lchamliga o‘tgan. Volkswagen ushbu qarorni dizayn “markaning yoshlar, raqamli texnologiyalar va zamonaviylik bilan bog‘liqligini” aks ettirishi bilan izohlagan. BMW esa yangi logotip “markaga raqamli dunyoda yashayotgan yoshlarni jalb etishga qaratilgani”ni ta’kidlagan.

Foto: BMW