Beeline 18-martdan boshlab “Daryo” (www.daryo.uz) va yana bir qator yangiliklar saytlaridan foydalanishda abonentlardan internet-to‘lovi olmaslikka qaror qildi.

Foto: Beeline Uzbekistan

“Sizlar COVID-19 koronavirusining tarqalishi haqida yirik va ishonchli manbalardan tezkor va, eng muhimi, rasmiy ma’lumotlarni olishingizni istaymiz”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Beeline abonentlari uchun quyidagi saytlarga kirish tariflanmaydi va Internet-trafik uchun haq olinmaydi:

Bepul kirish ma’lum IP-manzillar to‘plamida taqdim etiladi. Bepul kirish ta’minlangan manbalarning IP-manzillari o‘zgartirilganda, shuningdek, ko‘rsatilgan saytlar va ilovalarga kirmaydigan trafik uchun (uchinchi tomon xizmatlari va ilovalarni ishlatishda paydo bo‘ladigan smartfon operatsion tizimidagi trafik) o‘zgartirilganda, tarif rejaga binoan yoki asosiy balansdan ushbu manbalarga kirish uchun to‘lov olinadi.

Proksi-server (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan saytlar va dasturlarga kirishda bepul kirish taqdim etilmaydi.