• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Ronaldu, Beyl, Dani Alvesh. “Liverpul”ning amalga oshmay qolgan transferlari haqida

    “Liverpul”ning ayni damdagi tarkibi, balki klub tarixidagi eng kuchlisi bo‘lishi mumkin. Yurgen Klopp jamoasi deyarli 30 yildan beri (so‘nggi bor 1989/90-yilgi mavsum) orziqib kutilayotgan Angliya chempionligiga yaqin turibdi. O‘tgan mavsum esa Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritishga ulgurdi.

    Hatto yaqinda navbatdagi 10 yillikning bosh yulduzi bo‘lishga asosiy da’vogar sifatida qaralayotgan Kilian Mbappe ham Mersisayd klubiga bo‘lgan munosabatini “g‘alaba mashinasi” jumlalari bilan e’tirof etdi. Hozirgi “Liverpul” o‘zining katta maqsadlari, xohishlariga ega. Klubda eng yaxshi va yulduz futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyati bordek ko‘rinmoqda. Biroq klubda bunday holat har doim kuzatilgan emas. Jumladan, doimiy mablag‘ tanqisligi, raqobatchi klublarning yosh futbolchilarga beradigan katta takliflari — “Liverpul”ning yuqori darajali futbolchilar bilan shartnoma imzolashiga to‘sqinlik qilib kelgan. “Qizillar” hatto hammasi hal bo‘layotgan vaqtda ham ayrim futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmagan. Masalan, futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan, biroq klub uni rad qilishga majbur bo‘lgan holatlar bo‘lgan. Shu kabi sabablarga ko‘ra, “Liverpul” bir necha bo‘lajak yulduz futbolchilardan quruq qolgan.

    Endi esa “Liverpul” quyida nomi keltiriladigan futbolchilar bilan shartnoma imzolaganida nima bo‘lishini bir tasavvur qilib ko‘ring-a!

    Garet Beyl

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2005/06-yilgi mavsumda “Liverpul” skautlari “Bolton Uonderers” hamda “Sauthempton” klublarining yosh jamoalari o‘rtasidagi bahsni kuzatish uchun stadionga boradi. Skautlar uchrashuvga Garet Beylning “Sauthempton”dagi jamoadoshi Devid Makgoldrikning o‘yinini kuzatish niyatida edi. Biroq o‘yin vaqtida ularning e’tiborini chap qanotda to‘p surgan uelslik yigit tortdi.

    “O‘sha kuni chap qanot himoyachisi shunchaki qoyilmaqom harakat qildi”, — deydi “Liverpul”ning o‘sha vaqtdagi delegatsiyasi a’zolaridan biri. “Ortga qaytib, klub rahbariyatiga shunday dedik: Makgoldrik biz uchun emas, ammo biz Garet ismli yigitcha bilan shartnoma imzolashimiz shart”.

    “O‘sha vaqtda hech kim Beyl haqida gapirmasdi. Sauthemptonda ham uning kuchiga hali hech kim ishonmas, Garet esa endigina u yerda stipendiyaga ega bo‘lgandi, xolos”, — deya yodga oladi skautlardan biri.

    O‘sha vaqtda “Liverpul”ning Darren Potter ism-sharifli yarim himoyachisi “Sauthempton” safida ijara asosida to‘p surardi. Mersisayd klubi esa Potterni Beylga ortiqcha to‘lovlarsiz almashtirishni taklif qildi. “Avliyolar” rahbariyati bo‘lsa Potterga qo‘shib, biroz mablag‘ to‘lashni ham talab qildi. Agar pul qo‘shilganda, Garet transferi amalga oshishi mumkin edi.

    Beylning hali yosh ekanligi va klubning qo‘ygan talabi “Liverpul” rahbariyati kulgisiga sabab bo‘ldi. Ularning fikricha, Beyl hali “bolakay”, Potter bo‘lsa, allaqachon professionalga aylangan futbolchi edi.

    Kelasi mavsumning o‘zidayoq Garet 10 million funt evaziga “Tottenhem” futbolchisiga aylandi. Keyin esa “Real”ga o‘tib, dunyoning eng qimmat futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Madrid bilan Chempionlar Ligasida 4 marta g‘olib chiqdi. Hatto “qizillar” darvozasiga final bellashuvida qoyilmaqom gol ham urdi. O‘z vaqtida professional sifatida e’tirof etilgan Potter “Liverpul” safida atigi 17 ta o‘yin o‘tkazib, so‘ngra Angliyaning quyi divizion klublariga yo‘l oldi-qoldi.

    Krishtianu Ronaldu

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    “Liverpul” — Angliyaning eng yaxshi klublaridan biri. O‘z tarix va an’analariga ega shunday klub safida to‘p surish esa har bir futbolchi uchun orzu. Ular men va “Sporting”ga mos keladigan taklif bilan chiqishiga umid qilaman”, — degan edi Krishtianu Ronaldu 2003-yil jurnalistlarga bergan intervyusida.
    2003-yil portugaliyalik futbolchini deyarli Yevropaning barcha klublari kuzatib bordi. Uning nomi juda ko‘p jamoalar bilan birga tilga olindi. “Liverpul” ustozi Jerar Ulye hamda uning yordamchisi Fil Tompson Krishtianuning qanday o‘yin ko‘rsatayotganini ko‘rish uchun Lissabonga ham bordi.

    “Uning nomini deyarli barcha klublar bilan birga tilga olingandi”, — deya esga oladi Fil Tompson.

    Futbol agenti Pol Stretfordga ishlagan “Manchester Siti”ning sobiq futbolchisi Toni Genri Ronalduning agenti Jorje Mendeshdan mijoziga bo‘lgan qiziqishni oshirish bo‘yicha topshiriq olgandi.

    “Ular Ronalduni sotishga qattiq kirishgandi. Shu boisdan meni uning o‘yinini ko‘rishga taklif qilishdi. Ular shartnomadan olinadigan komissiya to‘lovi 4 million funtni tashkil qilishi, faqat bu summa 4 yillik shartnoma davrida yiliga 1 million funtdan to‘lanishi haqida aytishdi.

    Men esa Ronaldu qancha maosh olishni xohlayotganini so‘radim. Ular Krishning soliqlardan tashqari yillik 1 million funt maoshga rozi ekanligini ma’lum qildi. Bu 18 yoshli yigitcha uchun haddan ortiq ko‘p edi. Ammo bu summa borasida savdolashish mumkin edi.

    O‘sha kuni yakshanba edi. Ularga Liverpulga qaytishim kerakligi va Jerar Ulye bilan gaplashib nimalar qila olishimiz mumkinligini o‘ylab ko‘rishimiz lozimligini aytdim. Hamma ma’lumotlarni Ulyega berdim. U esa klub bosh direktori Rik Parri bilan gaplashishini aytdi.

    Navbatdagi hafta Melvuddaligim vaqti Sky Sports xabar qilyapti: “Manchester Yunayted” 12,2 million funt evaziga Krishtianu Ronalduni “Sporting”dan sotib olyapti”. Ko‘zlarimga ishonmasdim. Qanday qilib, bir necha kun ichida uning uchun to‘lov 4 milliondan 12,2 million funtga oshib ketdi? Ulye esa menga qo‘ng‘iroq qilib, Toni Genridan vaziyatni tushuntirib berishini so‘rashimni aytdi. Toni bo‘lsa, hamma gap Jorje Mendeshda bo‘lganligini ma’lum qildi.

    To‘lovning 3 baravar oshib ketgani hayratlanarli edi. U katta iqtidor egasi edi, biroq hech kim uning oldindan qanchalik buyuk futbolchi bo‘lishini oldindan ayta olmasdi.

    Fil Tompson, murabbiy
    “Liverpul”da esa o‘sha vaqtda ikki nafar iqtidorli yosh hujumchi hujumchi bor edi. Sinama-Pongol va Entoni le Tallek. Ulyeda esa Ronaldu sabab klubning maoshlar bo‘yicha strukturasiga zarar yetishi mumkinligi, uning esa kiyim almashtirish xonasiga ta’siri borasida xavotirlari ham bor edi. Shu tariqa Ronaldu “Manchester Yunayted”ga o‘tdi-ketdi.

    Dani Alves

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Transfer yakuniga yetib qolgandi. 2006-yil yozida “Sevilya” braziliyalik o‘ng qanot himoyachisi Dani Alvesni 8 million funt evaziga “Liverpul”ga sotishga rozilik bildirgandi. Ammo transfer yakunidan oldin Rafa Benites muammoga duch keldi. Klub rahbariyati Benitesga ikkita yo‘lni taklif qildi. Ispaniyalik mutaxassis “Sevilya”dan Alvesni yoki hujumchi sotib olishni tanlashi kerak edi. Klub ham himoyachi, ham hujumchi sotib ololmasligini Benitesga ma’lum qildi.

    Hujum chizig‘ini kuchaytirishga ehtiyoj sezib turgan Benites “Feyenoord”dan 9 million funt evaziga Dirk Kyoytni sotib olish variantida to‘xtashga majbur bo‘ldi. Shu tariqa Alvesni “Enfild”ga olib kelish rejasi barbod bo‘ldi.

    Alves esa “Sevilya”da yana 2 yil qolib, shundan so‘ng 30 million funt evaziga “Barselona”ga o‘tdi. Dani Kataloniya klubi bilan La Ligada 6 marta, Chempionlar Ligasida esa 3 marta g‘olib chiqdi.

    “Benites davrida bunday holatlar juda ko‘p bo‘lgan. Yo klubda transferni dedlaynga qadar yakunlash uchun pul bo‘lmagan, yo klub transfer borasida bir qarorga kela olmagan. Bu haqida gap ketganda xayolga Simao va Floran Maluda ham keladi. Ularni qo‘lga kiritishimiz mumkin edi. Hatto Nemanya Vidich ham asosiy transfer maqsadimiz bo‘lgan, biroq keyin “Manchester Yunayted” ko‘proq pul taklif qilib, uni ham ilib ketgandi”, — deya yodga oladi “Liverpul”ning Benites davridagi transfer ishlariga yaqin kishilardan biri.
    • Muallif: Jeyms Pirs
    • Tarjimon: Asror Abdunazarov

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    24.02.2020, 23:58   Izoh (0)   38310
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Amirsoy” ilk bor tog‘-chang‘i sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi

    24.02.2020, 21:23

    “Real”—“Barselona” uchrashuvi hakamlari ma’lum bo‘ldi

    24.02.2020, 20:36

    Xavining 8 ta talabi. “Barselona” Xavini ortga qaytarishdan voz kechgani haqida

    24.02.2020, 20:05

    Paradzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida 7 ta medalga ega chiqdi

    24.02.2020, 18:10

    “Napoli”—“Barselona”, “Chelsi” — “Bavariya” o‘yinlariga hakamlar tayinlandi

    24.02.2020, 15:06

    “Barselona” La Ligadagi gollar soni bo‘yicha 57 yil deganda ilk bor “Real”ni ortda qoldirdi

    24.02.2020, 14:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.